G’oyangizni 7 kunda ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz
Mijozlari bilan gaplashgan va sotishga tayyor asoschilar uchun. Narxning bir qismini to’laysiz, qolganiga biz sherik bo’lamiz: professional dasturlash, biznes maslahat va moliyaviy tartib.
kunda tayyor MVP
Funksiyalar kelishilgan kundan topshirishgacha.
startap qurilgan
SaaS, fintech, AI va raqamli loyihalarda asoschilar bilan birga.
so’mdan boshlanadi
Qolgan qiymatni ulush va daromaddan foiz orqali olamiz.
Dasturchi emas, butun jamoa
Ko’pchilik asoschiga faqat kod yetmaydi. Unga yonida turadigan tajribali sherik kerak, shuning uchun biz uch tomondan ishlaymiz.
Professional dasturlash
Tajribali muhandislarimiz MVP’ni toza va kengaytirish oson kod bilan yozadi. Keyin investor yoki yangi dasturchi kodni ko’rganda uyalmaysiz.
- Har bir kod tekshiruvdan o’tadi
- Zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik
- Server va texnik qo’llab-quvvatlash
Biznes mentorlik
Steppe asoschisi har hafta siz bilan natijalarni ko’rib chiqadi: narx, sotuv, birinchi mijozlar va keyingi qadam.
- Haftalik natijalar uchrashuvi
- Narxlash va sotuv strategiyasi
- Investor bilan uchrashuvga tayyorgarlik
Buxgalteriya va moliya
Birinchi kundan pulni to’g’ri hisoblashga yordam beramiz, toki o’sish paytida soliq va hujjatlar bosh og’rig’iga aylanmasin.
- MChJ ochish va IT Park bo’yicha yo’l-yo’riq
- Soliq rejimini to’g’ri tanlash
- Oddiy va tushunarli moliyaviy hisob tizimi
“Men sizga faqat dastur qurib bermayman. Mahsulotni qanday sotish va biznesni qanday yuritishni ham birga o’rganamiz.”
Biz quramiz. Siz sotasiz.
Shuning uchun g’oyadan ko’ra asoschining tayyorgarligi muhimroq.
Sizga mos, agar
- Kamida 10 ta potentsial mijoz bilan gaplashgan bo’lsangiz
- Kim va qancha to’lashini aniq bilsangiz
- Haftasiga kamida 15 soat sotuvga ajrata olsangiz
- Kirish to’lovi va server xarajatlarini qoplashga tayyor bo’lsangiz
Mos emas, agar
- Hali hech kim bilan gaplashmagan bo’lsangiz
- Sotishni boshqalarga qoldirmoqchi bo’lsangiz
- Qurilma, blokcheyn infratuzilmasi yoki litsenziya talab qiladigan soha bo’lsa
- “Uber yoki Instagram kabi” juda katta g’oya bo’lsa
Arizadan ishga tushgan mahsulotgacha
ISHNI BOSHLASHGACHA
- ArizaFormani to’ldirasiz, 1-2 ish kuni ichida Telegram orqali javob beramiz.
- 30 daqiqalik suhbatMijozlaringiz, sotish rejangiz va MVP tarkibini muhokama qilamiz.
- Shartnoma va to’lovTo’lov tushgach, haftalik joy sizga band qilinadi.
- Funksiyalarni kelishishMVP tarkibi yoziladi va qotiriladi.
- Siz sotasizTopshirishdan keyin har hafta qisqa uchrashuvda natijalarni ko’rib chiqamiz.
7 KUNLIK QURILISH
- 1-kunLoyiha skeleti va ma’lumotlar modeli
- 2-kunAsosiy funksiyalar
- 3-kunSiz bilan oraliq demo
- 4-kunTo’lov tizimi va integratsiyalar
- 5-kunSinov va landing sahifa
- 6-kunJonli serverga chiqarish
- 7-kunTopshirish: demo video va taqdimot
Kamroq pul, ko’proq sheriklik
Qancha ko’p to’lasangiz, shuncha kam ulush berasiz. Paket suhbatda birga tanlanadi.
Server va tashqi xizmatlar sizning hisobingizdan.
G’oyani tez va arzon sinab ko’rish uchun. Bitta platforma, uchta asosiy funksiya.
- Veb ilova yoki Telegram Mini App
- 3 ta asosiy funksiya, 2 ta foydalanuvchi roli
- 1 ta integratsiya (Click yoki Payme)
- Admin panel, landing va serverga joylash
- Demo video, taqdimot, 30 kun xatolarni tuzatish
- Biznes mentorlik va buxgalteriya bo’yicha yo’l-yo’riq
Server va tashqi xizmatlar sizning hisobingizdan.
Ko’proq funksiya kerak bo’lgan, mijozlari aniqroq loyihalar uchun.
- Start’dagi hammasi
- 5 ta asosiy funksiya, 3 ta foydalanuvchi roli
- 2 ta integratsiya
Server va tashqi xizmatlar sizning hisobingizdan.
Veb va Telegram birga, AI funksiya bilan. Loyihada 2 ta muhandis ishlaydi.
- Standart’dagi hammasi
- Veb ilova va Telegram Mini App birga
- 7 ta asosiy funksiya, 3 ta integratsiya
- 1 ta AI funksiya
- 2 ta muhandis
Hammasi oldindan ochiq
daromaddan
Mahsulot tushumidan. Jami 120 mln so’mga yetganda to’xtaydi.
keyin sizga o’tadi
Keyingi bosqichni pulga boshlaguningizcha kod bizda turadi.
sizning hisobingizdan
Server, domen, SMS va boshqa tashqi xizmatlar xarajati.
kunlik natija
60 kunda to’lovchi mijoz bo’lmasa, yana 30 kun. 90 kunda ham bo’lmasa, loyiha to’xtatiladi.
Ko’p beriladigan savollar
Nega narx bozordagidan past?
Qolgan qismini ulush va daromaddan foiz orqali olamiz. Ya’ni sizning muvaffaqiyatingiz bizning ham manfaatimiz.
7 kunda ulgurmasa nima bo’ladi?
Funksiyalar ish boshlanishidan oldin kelishib olinadi va o’zgartirilmaydi, shuning uchun faqat 7 kunga sig’adigan hajmni olamiz. Kechikish bizning aybimiz bilan bo’lsa, shartnomada penya belgilangan.
Keyin yangi funksiya qo’shsa bo’ladimi?
Ha, bu keyingi bosqich hisoblanadi va alohida narxda bajariladi.
Mijoz topishga yordam berasizlarmi?
Yo’q. Sotish asoschining vazifasi. Haftalik uchrashuvlarda maslahat beramiz, lekin mijoz topib bermaymiz.
Buxgalteriyani sizlar yuritasizlarmi?
Biz buxgalteriyani to’g’ri yo’lga qo’yishda yo’l-yo’riq beramiz: kompaniya ochish, soliq rejimini tanlash, hisob tizimi va hujjatlar tartibi. Doimiy buxgalteriya xizmati kerak bo’lsa, ishonchli mutaxassisga yo’naltiramiz.
Yuridik shaxs bo’lishi shartmi?
Yo’q, jismoniy shaxs sifatida ham shartnoma tuzish mumkin. Kompaniya ochganingizda ulushimiz rasmiylashtiriladi.
To’lov qanday amalga oshiriladi?
Shartnoma imzolangandan keyin 3 bank kuni ichida 100% oldindan, bank o’tkazmasi orqali.
Ariza topshirish
To’ldirish 5-7 daqiqa oladi. Qanchalik aniq yozsangiz, shuncha tez javob beramiz.
Ariza yuborildi
1-2 ish kuni ichida Telegram orqali javob beramiz. Loyihangiz dasturga mos kelsa, 30 daqiqalik suhbat vaqtini kelishib olamiz.